Среда, 25.06.2025, 20:44 | Приветствую Вас Гость

Мой сайт

Главная » 2014 » Сентябрь » 20 » Manchester Yunayted - yangi "galaktikos"mi?
10:09
Manchester Yunayted - yangi "galaktikos"mi?

Mavsumni mag’lubiyat bilan boshlagan Manchester Yunayted Anhel Di Maria va Radamel Falkao(ijara)larning  transferi tufayli, nafaqat o’z rekordini, balki Britaniya rekordini ham yangiladi. So’ngi yillarda transferlarga o’rtacha 50-55 mln funt sarflagan klub, bus afar transferlarga 155 mln xarajat qildi. Klub nega bunday yo’l tutdi?  Jamoaning bu mavsum Chempionlar Ligasida ishtirok etmayotgani klubga 30-35 mln funt zarar keltirdi. Yana bir mavsum ushbu musobaqadan chetda qolish klubga ko’proq zarar keltiradi. Klub nafaqat ChLdagi ishtirok uchun  beriladigan pullardan quruq qoladi, balki homiylar to’layotgan pullar miqdori ham kamayishi, Yunayted bilan hamkorlik qilish istagida bo’lgan kompaniyalarni istagidan qaytarishi ham hech gap emas. Qolaversa, ChLda ishtirok etmaslik nafaqat, jamoaga kuchli futbolchilarning kelishini qiyinlashtiradi, balki jamodagi kuchli futbolchilarni ham jamoda olib qolish qiyin bo’ladi.

Yana bir tahmin, klub raxbarlari yoki o’z ixtiyorlari bilan yoki Adidas va Chevrolet kabi homiylar bosimi ostida “galaktikos” yaratishga qaror qilgan bo’lishlari mumkin. Bu narsa klubga nega kerak? Di Maria, Falkao kabi futbolchilar, klub o’z oldiga qo’ygan maqsadlar – Angliya chempionligi va Chempionlar Ligasi golibligining amalgam oshishini osonlashtiradi. Klubga kelayotgan homiylar soni va pul hajmini ko’paytiradi. Klubga yulduz futbolchilarni olid kelishda yordam beradi.

Homiylarga bu nega kerak? Chevrolet va Adidas kompaniyalari Yunaytedga rekord darajada pul to’lashadi va o’zlari sarflagan mablag’larni ko’paytirib olishni istashadi. Yulduz futbolchilar, ushbu kompaniyalar nomlari va emblemalari tushirilgan futbolkalarda o’ynashi, ushbu kompaniyalar mashhurligi va mahsulotlari xaridorgirligini oshiradi. Shu sababli ushbu kompaniyar klub raxbariyatiga “Biz sizlarga rekord darajada pul to’layabmizmi? Sizlar ham yulduz futbolchilarni sotib olinglar!”, - deya bosim o’tkazgan bo’lishlari ham mumkin.

Klub “galaktikos” yaratishga qaror qildimi?, degan savolga keyingi transfer oynalari vaqtida javob olishimiz munkin.

Категория: Maqolalar | Просмотров: 538 | Добавил: Dilshod | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Kategoriya
Tarjima [3]
Tarjima
Maqolalar [4]
Maqolalar
Video [4]
O'yindan videolar
Kirish
Izlash
Block title
Kalendar
«  Сентябрь 2014  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
So'rov
Saytga baho bering
Всего ответов: 0
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0