Главная » 2014 » Сентябрь » 20 » «Manchester Yunayted»ning tarkibi qanchaga tuzilgan?
19:44 «Manchester Yunayted»ning tarkibi qanchaga tuzilgan? |
Angliyaning eng ko'p chempioni bo'lgan «Manchester Yunayted» jamoasi ushbu mavsumda juda katta xaridlarni amalga oshirdi. Furkat.uz sayti o'z an'anasiga sodiq qolgan holda «qizil iblislar» tarkibi qanchaga tuzilganini hisoblab chiqdi.
Himoyachilar (4 ta) – 66,8 mln.funt (o'rtacha 16,7 mln.) «Manchester Yunayted» o'z tarkibidagi 3 ta darvozabonning birortasini ham sotib olmagan ekan. Himoyachilardan esa 4 nafarini boshqa klublardan xarid qilishiga to'g'ri kelgan. Ushbu yozda «Sautgempton»dan Lyuk Shouni sotib olish uchun klub 27 mln.funtning baxridan kechishiga to'g'ri keldi. Shunindek Van Gal jamoasi yozda yana ikki himoya chizig'i vakilini qo'lga kiritdi. «Sporting»dan Markos Roxo 16 mln.funtga, «Ayaks»dan Deyli Blind 13,8 mln.funtga xarid qilindi. 2010-yilda «iblislar» Kris Smolling uchun «Fulxem»ga 10 mln.funt to'lashgan. Jamoa jami 4 ta himoyachi uchun 66,8 mln.funt ajratgan.
Yarim himoyachilar (6 ta) – 183,3 mln.funt (o'rtacha 30,5 mln.) «Qizil iblislar» o'z saflarini qimmatbaho yarim himoyachilar bilan to'ldirib olishgan. Yozda jamoa «Real»dan 59,7 mln.funt evaziga Di Mariyani xarid qildi. 2013-yilning qishida «Chelsi»ning ispan yarim himoyachisi Xuan Mata uchun 37,1 mln. to'langan edi. Ispaniyalik umidli futbolchi Ander Errera uchun «Atletik» 29 mln.funtni sanab olgan. Moyes bilan birga jamoaga kelgan Maruan Fellayini uchun «Yunayed» «Everton»ga 27,5 mln.funt to'lagan edi. 2009-yilda «Uigan»dan sotib olingan Antonio Valensiya uchun 16 mln., 2006-yili «Tottenxem»ga Maykl Kerrik uchun 14 mln.funt to'lagan. 6 nafar yarim himoyachi umumiy hisobda 183 mln.funtga tushgan. Bu o'rtacha har bir futbolchi uchun 30 mln.funt xarajat qilindi deganidir.
Hujumchilar (2 ta) – 49,5 mln.funt (o'rtacha 29,2 mln.) «Mankunianliklar»ga ikkita hujumchi 47,5 mln.funtga tushgan. 2004-yili «Everton»dan qo'lga kiritilgan Ueyn Runiga 27 mln., 2012-yili Van Persi uchun «Arsenal»ga 22,5 mln.funt yo'langan. Har xolda ikkala forvard ham o'zlariga bildirilgan ishonchni to'la oqlashdi.
Umumiy (12 ta) – 299,6 mln.funt (o'rtacha 25 mln.) «Qizil iblislar» 12 nafar futbolchi uchun sal kam 300 mln.funtlik harajat sarflashgan. O'rtacha har bir transfer 25 mln.funtdan tushadi. «MYu» bu tarkibi bilan birorta sovrin qo'lga kirita olmasa uyat bo'ladi.
|
Категория: Maqolalar |
Просмотров: 1069 |
Добавил: Egamberdiev_S
| Рейтинг: 0.0/0 |
|
So'rov |
---|
|
Statistika |
---|
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0 |
|