Bugun Premier Ligada to’pni eng ko’p nazorat qiladigan Manchester Yunayted (62.06%) to’pni eng kam o’z tasarrufida ushlaydigan Lester Siti mehmoni bo’ladi. Zamonaviy futbolda to’pni nazorat qilish bu hali g’alaba degani emasligi hech kimga sir bo’lmasa kerak. Aks holda Yunayted , Suonsini ham, Sanderlendni ham, Bernlini ham mag’lub etgan bo’lardi.
10 yillik tanaffusdan keyin Premier Ligaga qaytgan “tulkilar” Yunayted bilan bir hil - 5 ochko to’plagan. Lesterning hozirgi tarkibida Yunayted ishqibozlariga tanish futbolchilardan Kasper Shmeyhel va bir paytlar Yunaytedda o’ynagan Richi De Layet kabi futbolchilar bor.
Yunaytedning safar uchrashuvlariga bag’ishlangan prevyularda raqib jamoa , shu jamoa sharafini himoya qiladigan shahar, jamoa uy o’yinlarini o’tkazadigan stadion haqida qisqacha ma’lumot berib borishga harakat qilaman.
Lester Siti jamoasi 1884 – yilda “Lester Fossi” nomi ostida tashkil etilgan. Uzoq vaqt uy €32500 tomoshabinga mo’ljallangan “King Pauyer” stadionida o’tkazadi.

Lester Siti, Sor daryosi boyida joylashgan Lester shahri jamoasidir. Lester 329 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladigan qadimiy shahar.Bu shaharda qadimiy qasrlar, muzey, teatrlarni uchratishingiz mumkin.

Bugun Yunayted g’alaba qozonsa, Lui van Gaal, jamoaning oldingi 3 ta bosh murabbiyi Deyvid Moyes, ser Aleks Ferguson va Ron Atkinsonlardan yahshiroq start olgan bo'ladi.
|