Среда, 25.06.2025, 11:54 | Приветствую Вас Гость

Мой сайт

Главная » 2014 » Сентябрь » 25 » Lester - Manchester Yunayted. Xatolar tahlili
17:52
Lester - Manchester Yunayted. Xatolar tahlili

1 - taym

17- daqiqa Uloa (1:2)

Manchester Yunayted o’yinni ajoyib tarzda boshlab ikkita tezkor gol kiritdi, lekin konsrntratsiyaning biroz yo’qotilgani o’z darvozasi oldida xatolar yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.

Javob goli to’p maydon markazidan o’yinga kiritilgach urildi. Ya’ni barcha futbolchilar o’z joylarini egallab turishgandi.. E’tibor bering: Lester futbolchisi o’z yarim maydonidan to’p oshirayotgan vaziyatda hujumda faqat ikkita futbolchi bor. Evans, Rafaelga Uloani yopish lozimliguni ko’rsatmoqda.

Natijada ,qanotga  to’p uzatildi, Roho to’pga birinhi bo’lib yetib keldi, lekin to’p Vardining ko’kragiga tegib oldinga qarab ketdi. Blekket aqlli tarzda Markosning hududini himoya qilishga kirishdi, Rafael Jonni topshirgan futbolchining yonidan joy oldi. Аmmo Evansning o’zi nima bilan band edi, aytish qiyin.

Errera va Blindning pozitsiyalariga e’tibor qaratamiz, ular raqibning ikkinchi tempda futbolchilariga javobgar.

Roho Vardinig to’p uzatishini to;xtatishga ulgurmadi, Evans o’z pozitsiyasida emasdi, Rafael esa kurashni boy berdi (buning hayron qolarli joyi yo’q, agar himoyachi hujumchining ortida bo’lsa). De Xea goldan saqlab qola olmadi.

Bu vazuyatda Blind o’z futbolchisini yopdi, Errera esa o’z o’yinchisini yopa olmadi, chunki ortga qaytishga shoshilnayotgandi. Agar Uloaning vaziyatni hal qilgan ajoyib zarbasi bo’lmaganda, Lesterda hujumni bo’sh turgan futbolchi orqali davom ettirish imkoniyati bor edi.

Taymning qolgan vaqti

Lester  kombinatsion o’yin namoyish etgan holda bir nechta hujumlar uyushtirdi. Blekket vaziyatlarda ajoyib harakat qildi, bir necha marotaba raqiblardan oldin to’pni egallab oldi, himoya chizig’ining eng faol vakili bo’ldi.  Roho bir necha bor to’p yo’qotilishiga sabab bo’lgan xatolalarga yo’l qo’ydi..

Birinchi taymni jamoa hisobiga yozib qoysak bo’ladi. Manchester Yunayted faqat bir bor o’z darvozasiga aniq zarba berishga yo’l qo’ydi, ammo shunung o’zi gol kiritilishiga yetarli bo’ldi.

2 - taym

47- daqiqa

 

Biz birinchi golda futbolchilarning xotirjamlikka berilganlari va konsentratsiyani yo’qotganlarini e’tirof etgandik. Taym boshida shunga o’hsash epizod yuz berdi, jamoa e’tiborsizlikka yuz berishi natijasida Lesterning  biryola ikkita futbolchisi qochib ketish imkoniga ega bo’lishi mumkin edi. To’p uzatilishining noaniq chiqqani bunga yo’l qo’ymadi .

Himoyachilar darvozaga teskari turib olishgan . Hujumchilar osongina o’zlariga masofa yaratishi mumkin.

 

 52- daqiqa

Keyingi vaziyatda ofsayd sodir bo’ldi, ammo bu vaziyatda ham markaziy himochilar yaxshi harakat qila olishmadi. Agar Smolling (pastda) oldindagi hujumchini yopishga harakat qilayotgan bo’lsa, Blekket(yuqorida) vaziyatni baholashga ham harakat qilmay, shunchaki to’pga qarab turibdi. Natijada har ikkalasi to’p oshirilgan zonaga qarab harakatlanishdi.

Smolling havodagi kurashni boy berdi, Blekket esa o’yindan uzilib qolgandi. Bo’sh zonaga to’pning tashlab berilishi va raqib darvozabon bilan birga-bir chiqishi mumkin. Faqat o’yindan tashqari holat yuz bergani jamoa joniga oro kirdi.

Penaltiga to’xtalib o’tirish shart emas Har qanday sog’lom fikrlovchi odamga tushinarliki, hakam penaltini o’ylab topdi. Yaqqol xato. Keling hisob 2:3 bo’lgandan so’ng yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qilamiz.

64-daqiqa  . Kаmbyassо (3:3)

2 daqiqadan so’ng Kambiyasso hisobni tenglashtirdi.Golga nima sabab bo’lganini tahlil qilsangiz, aniq to’htamga kela olmaysiz. Qanotda tor joydagi hujum Blind va Blekketning bir-birini tushunmasligi sabab rivojlandi. E’tibor bering, ikkalasi ham bir-biriga raib hujumchisini yopish kerakligini ko’rsatishmoqda.O’rinli savol tug’iladi: bega Blekket bu o’zining futbolchisi emas, degan qarorga keldi va u bu vaziyatda nima qilmoqchi edi?

 Aynan Deyli va Taylor qo’riqlashni kelisha  olmagan futbolchiga ajoyib tarzda to’p uzatildi. Hujumchida to’pni eggalab olish uchun vaqt bor, markazga to’p yetkazib berishning iloji yo’q. Jarima maydonida sarosima yuziga keladi.

 Keling , bo’sh zona va unda joylashgan o’yinchini qo’riqlash kimning vazifasi ekanini tahlil qilamiz .

Tayanch zonasi.  Albatta, u yerda yoki Blind, yoki Errera bo’lishi kerak .O‘yinni diqqat bilan kuzatib shu fikrga keldim-ki, Blindning vazifasi iloji boricha to’pga yaqin bo’lish, maydonning har yerida to’p uchun kurash olib boorish.  Errera  esa uni qo’llab-quvvatlashi kerak.Ammo, vaziyat taqozosiga ko’ra Ander qanotda edi va uni pozitsiyasini yo’qotganlikda ayblamagan bo’lardim. Boshqa tomondan, sur’atdan ham ko’rinib turibdi-ki , u o’yindan uzilib qolgan va o’z o’yinchisini ham yopmayotgandi.

Anderda tayanch zonasiga qaytib, hujum rivojiga halal berish uchun 10 sekund vaqt bor edi.

 Bosh bilan noaniq o’ynalishi natijasida Runiga tekkan to’p raqibga kelib tushdi. E’tibor bering : BARCHA to’pga egalik qilayotgan o’yinchiga qarab turibdi, bu paytda esa Lester Sitining boshqa futbolchilari bo’sh zonalarni eggalab olishdi va har bir pas darvoza oldida havfni yuzaga keltiradi.

De Xea goldan saqlab qola olmadi.

Uchinchi gol urilgan vaziyatda haqiqiy sarosima yuzaga keldi – Yunayted futbolchilari qayoqqa yugurishni v anima qilishni bilmay qolishdi. O’tkazib yuborilgan golda BUTUN JAMOA aybdor.

75- daqiqa

Hisob 3:3 bo’lib turganda Lester darvozasi tomon shturmni ko’rmadik.

75 - daqiqada Di Maria qanotdagi kurashni boy berdi va hujumchining bo’sh zonaga to’p uzatishiga qarshilik qilolmadi. Roho raqibga peshvoz chiqdi. Rafael raqib hujumchisini qo’riqlamoqda(bu safar ham raqib ortida turgan holda ),  Blekket va Smolling bu vaziyatda foydasizlar. Tayler yuqoriroq o’ynab,  jarima maydoni qarshisidagi bo’sh hududni yopishi kerak edi. Bu vaziyatda hujumchining zarbasi noaniq ketdi.

79- daqiqa. Vаrdi (4:3)

 Roho va Mata qisqa to’p uzatishlari orqali o’ynamoqchi bo’lishdi. Mataning yiqilib tushishi natijasida Lester tezkor qarshi hujum uyushtirish imkoniga ega bo’ldi.

Blekket yana bir pozitsion xatoga yo’l qo’ydi. Markazdagi o’yinchini tashlab, qanotdan to’p bilan kelayotgan futbolchi tomon yugurdi. Bu vaziyatda Vardinig yonida qolish to’g’ri bo’lardi, chunki Blind narigi futbolchidan to’pni olib qo’yolmasa ham, uni qanotga surib chiqarishi mumkin edi. Yuzaga kelgan vaziyatda, mezbonlar osongina darvozabon bilan birga-bir chiqib ketishdi .

83- daqiqa. Blekketning chetlatilishi

 Shubha bo’lishi mumkin emas – 100% penalty. Ammo savol tug’iladi: himochini chetlatish shartmidi? Eslatib o’taman, Angliyada to’g’ridan-to’gri qizil kartochka olgan futbolchi uchta o’yinga diskvalifikatsiya qilinadi.  Bu fol so’ni umid foli emasdi. Burchak o’tkir atrofda himoyachilar bor edi Menimcha, hisob 4:3 ligi va hakam De Layetni ayab ikkinchi sariq kartochkani ko’rsatmaganini (ikkinchi kartochkani ko’rsatishga asoslar yetarli edi) hisobga olsak, qizil kartochka juda shavqatsiz jazo bo’ldi .

Umumiy kuzatuvlar

Van Persi

 Gol urganiga qaramasdan, Van Persi yomon o’yin o’tkazdi , deb hisoblayman. Van Persining vaziyatlardan foydalanish samaradorligi 3-4 tadan bittaga tushib qoldi  Gollandiyalik kamfaollilik va sekin qaror qabul qilishi bilan esda qoldi. Bunaqa o’yin bilan keyingi o’yinda zahira o’rindig’idan aynan Robin joy olsa kerak.

Rоhо

  Yana bir o’yini qovushmagan o’yinchi – Markos Roho. Birinchi go’l o’tkazib yuborilganda himoyada noaniq harakat qilgan Markos uzoq masofaga noaniq to’p uzatishlari sabab, yana bir necha marotaba darvoza oldida havfli vaziyat yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.

Blekket

Darvoza oldidagi havfli vaziyatlarni bartaraf etgan (vaziyatlar esa yetarli bo’ldi) Tayler birinchi taymning eng yahshi futbolchisi bo’ldi. Ikkinchi taymda nima yuz berdi?  Aytish qiyin. Kutilmaganda Blekket pozitsiyasini yo’qotib qoya boshladi, kurahlarni boy berib, vaziyatlarni to’g’ribaholay olmadi. Bu himoyada xaos yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.

Bundan shunday holasaga kelish mumkin: ManchesterYunayted himoyasi 20 yashar yigitchaga to’la-to’kis bog’liq. Jounsning yo’qligida Smolling va  Evanslar Taylerga munosib sherik bo’la olmadilar.

Blind

Ko’pchilik QPR bilan  o’yindan keyin Blindning shaniga maqtov aytishga erta ekanini ta’kidlagandi. Lekin Lester bilan bo’lgan o’yinda ham Blind eng yahshilardan biri bo’ldi, deb hisoblayman.

 Faqat  Lesterning uchinchi goli(himoyachilar bilan o’zaro tushunmovchilik) va 88 – daqiqada Erreraga to’p uzatganidan keyin raqib keskin hujum uyushtirganini(bu vaziyat  uchun Anderga ham e’tiroz kam emas) Deylining passiviga yozib qo’ysak bo’ladi.

Raqib

E’tiboringizni bir narsaga qaratmoqchiman: Lester ikkinchi taymda o’yinini kuchaytirmadi, o’yin tezligini oshirmadi,  birinchi taymdagiga qaraganda yahshiroq kombinatsiyalar uyushtirmadi. Ular butun o’yin davomida bir hil o’yin namoyish etishdi. Shunchaki birinchi taymda Yunayted himoyasi hujumlarni muaffaqiyatli qaytardi, tanaffusdan keyin, aniqrog’i penaltidan keyin Manchester Yunayted himoyachilarini go’yoki almashtirib qo’ygandek.

Mezbonlar 5 ta aniq zarba berib 5 ta gol urishdi. Bunaqasi kamdan-kam bo’ladi.

P.S.

Manchester Yunayted Premier Liga tarixidagi 853 ta o’yinida ilk bora 2 to’p farqi bilan oldinda borayotib  mag’lubiyatga uchradi.

Категория: Tarjima | Просмотров: 688 | Добавил: Dilshod | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 7
avatar
0
1 Dilshod • 19:23, 25.09.2014
Mana shunaqa tahliliy maolalarni yoqtiraman
avatar
0
2 Dilshod • 19:24, 25.09.2014
Suroj, hech narsa kiritmay qo'yding?
avatar
0
4 Egamberdiev_S • 20:14, 25.09.2014
Dilshod Oka endi sekin sekin boshlayabman, ustiga ustag vaqt xam kamroq bulyabdi shu kunlarda.
avatar
0
3 Egamberdiev_S • 20:00, 25.09.2014
Maqolada Jamoaning barcha xatolari ko'rsatib berilgan qoil, Umid qlamizki bu xatolar tuzatiladi.
Maqola uchun raxmat Dilshod oka!
avatar
0
5 Dilshod • 20:56, 25.09.2014
Suroj, balki bashoratni shu yerga ko'chirarsan?
avatar
0
6 Egamberdiev_S • 21:04, 25.09.2014
Yo'q xozirgi mavsumda bu to'g;ri kelmaydi chunki ulani xammasi xar xil jamoa fanatlari i yana bo'limlar muammo buladi undan kura keyinroq bu yerda uzimiz aloxida utqizamiz.
avatar
0
7 Dilshod • 21:29, 25.09.2014
ok
avatar
Kategoriya
Tarjima [3]
Tarjima
Maqolalar [4]
Maqolalar
Video [4]
O'yindan videolar
Kirish
Izlash
Block title
Kalendar
«  Сентябрь 2014  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
So'rov
Saytga baho bering
Всего ответов: 0
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0